Jahon | 16:10 / 14.11.2017
16939
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Amerika IShID terrorchilariga zarba berishdan bosh tortdi

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaning Al Bukamol shahridan chekinayotgan IShID terrorchilariga zarba bermadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Amerika harbiylari jangarilar "ko‘ngilli ravishda asir tushayotgani"ni vaj qilib, "Harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risida" Jyeneva konvensiyasi shartlariga rioya qilinganini ta'kidlamoqda. 

Rossiya guruhi qo‘mondonligi jangovar va og‘ir qurol-yarog‘larga ega terrorchi guruhlari xalqaro koalitsiya nazoratidagi hududda qayta guruhlanayotganiga oydinlik kiritilishini so‘ragan. Bu savolga amerikaliklar javob berishmagan. 

Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlariga "xalal bera boshlagan". Ular shahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qo‘shma Shtatlar chekinayotgan terrorchilarni hukumat qo‘shinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib chiqilishini ta'minlashni istagan, deb yozadi RIA Novosti. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Suriya hukumat kuchlarining Al-Bukamolga hujumi Amerikaning Frot daryosi sharqiy qirg‘og‘da Damashqqa bo‘ysunmaydigan hokimiyatni tashkil etish rejasini barbod qildi. 

9 noyabr kuni Suriya hukumati Al-Bukamolni to‘liq nazoratga olgani xususida e'lon qildi. Hukumat qo‘shinlari Dayr Az Zor viloyatidagi shaharni qayta egallab oldi. 

Mavzuga oid