19:50 / 15.11.2017
7219

4 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Angren shahrida, joriy yilning 17 oktabr kuni noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, Angren shahrida yashovchi, uy bekasi, 1967 yilda tug‘ilgan Nasiba Ikromovaning (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyi yotoqxonasidan 4 ming dollar pulini o‘g‘irlagan.

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Niyoz Rasulov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.  Tergovni IIB olib bormoqda.

Top