Dunyodagi barcha boyliklarning yarmiga 1 foizgina odamlar egalik qilmoqda

Foto: Reuters
2016 yilning o‘rtasidan 2017 yil o‘rtasigacha dunyo aholisining jami boyligi 6,4 foizga oshib, 280 trln dollarga yetdi. Bundan Shveytsariyaning Credit Suisse bankining Global Wealth Report an'anaviy hisobotidagi ma'lumotlar darak bermoqda. O‘sish sur'atlari oxirgi 5 yil ichida maksimal darajada bo‘lgan va ko‘chmas mulk va aksiyalar narxining oshishi bilan bog‘langan.
Boylik miqdori aholi sonidan tezroq o‘sgani sababli jami boyliklarning dunyo aholisi soniga nisbati bir kishiga 56,64 ming dollar hisobida bo‘ldi. Bir yil avval bu qiymat 52,074 ming dollar bo‘lgan.
Shu bilan birga dunyodagi barcha boyliklarning yarmi 1 foiz eng badavlat odamlargagina tegishli ekani ma'lum bo‘ldi. Ularning umumiy boylikdagi ulushi 2008 yilgi inqiroz vaqtidagi 42,5 foizdan amaldagi 50,1 foizgacha oshgan.
Oxirgi yil davomida 2,3 mln nafar dollar millionerlari paydo bo‘lgan. Ularning umumiy soni 36 mln ga yetgan. Bu qiymat 2000 yildagidan uch barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Dunyoning 3,5 mlrd eng nochor kishisining boyligi kishi boshiga 10 ming dollardan kamroqni tashkil qiladi. Umumiy holda bu toifaga mehnatga layoqatli aholining 70 foizi va umumiy boylikning 2,7 foizi to‘g‘ri keladi.
Dunyo ahlining boyligi yaqin 5 yilda taxminan shu sur'atlarda o‘sishni davom ettirib, 2022 yilda 341 trln dollargacha ko‘payadi, deb prognoz qilmoqdalar Credit Suisse iqtisodchilari. Shu bilan birga ular dollar millionerlari soni 44 mln kishigacha yetishi, ya'ni amaldagidan 20 foizga ko‘payishini, eng nochor aholi soni 4 foizga kamayishini kutmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
Mavzuga oid

09:41 / 18.04.2025
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

10:48 / 03.04.2025
O‘zbekistonda boylarni soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilyapti

19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi

20:41 / 12.06.2024