01:37 / 15.11.2017
20446

Ketish oldidan. Atamboyevlar davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi

Foto: rfl.org

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat hududlariniing ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyotni mustahkamlashga qo‘shilgan ulkan xizmatlar uchun davlat mukofotlari berish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

Mukofotlanganlar ro‘yxatida yuzga yaqin kishi bor. Jumladan, III darajali «Manas» ordeni bilan O‘sh viloyati «Matkarim» fermer xo‘jaligi rahbari Jusupakmat Atamboyev, Qirg‘iziston Respublikasining faxriy yorlig‘i bilan Ton ovul kengashi raisi Talantbek Atamboyev mukofotlangan.

Mukofotlanganlar orasida dehqonlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, injyenerlar va ekologlar bor. Amaldorlar ham uchraydi. Jumladan, Bishkek shahri hokimi Albek Ibraimov «Dank» ordeni bilan mukofotlangan. «Dank» medali milliy energiya xoldingi boshqaruvi raisi Oybek Kaliyevga ham berilgan.

Ilgariroq Almazbek Atamboyev so‘nggi yillarda «davlat mukofotlari instituti degradatsiyaga duchor bo‘lganligi sababli» Qirg‘izistonda davlat mukofotlari ahyon-ahyonda berilganini aytib o‘tgan edi.

Lekin shu yilning o‘zidayoq prezident bungacha uch marta davlat mukofotlarini tarqatgan edi: oktabrda, iyulda va martda.

Mavzuga oid
Top