Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda Trampni o‘limga mahkum qilishdi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya OAV fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni haqorat qilgani uchun o‘lim jazosiga loyiqdir, deb xabar bermoqda Sky News.
Ma'lum qilinishicha, Tramp yaqinda tashrif buyurgan Osiyoning 5 ta davlatini Shimoliy Koreya o‘z raketa sinovlarini to‘xtatishi uchun unga bosim ko‘rsatishga chaqirgani uchun “qabih jinoyatchi” deb atalgan.
“Uning hech qachon afv etilmaydigan eng yomon jinoyati shundaki, u oliy rahbariyatning obro‘siga ichiqoralik bilan ziyon yetkazishga botina oldi. U koreys xalqi tomonidan o‘limga mahkum qilingan bir qabih jinoyatchidir”, deb aytilgan Shimoliy Koreya OAVda.
Ta'kidlanishicha, Kim Chen In AQSh bilan keskinlik avj olgan vaqtdagi 2 oylik tanaffusdan keyin yana ommaviy safarlarini boshladi.
Avvalroq Tramp Shimoliy Koreya rahbari tomondan haqoratlarga uchrashiga qaramasdan, u bilan bir kun kelib do‘stlashishiga umid qilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
18:03 / 11.12.2025
Qirg‘iziston o‘lim jazosini qaytarmaydi – Konstitutsiyaviy sud buni taqiqladi
20:02 / 05.11.2025