Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, prezident Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘ida qaynonasini urib o‘ldirgan qotil kelin masalasiga katta urg‘u berdi. 

"Nega birorta maqola o‘qimadim, nega chiqishlar qilinmadi. Men sizlarga har videoselektorda tayyor mavzu aytayapman. Jamoatchilik, mutasaddilar bu mavzularni nashrlarda ko‘tarib chiqmayapti. Nahotki, o‘zbek oilasida kelin o‘z qaynonasining qotiliga aylansa", - dedi davlat rahbari. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mahallalar kesimida sodir etilgan jinoyatlarga to‘xtaldi. Toshkent viloyatida mavjud 1600ta mahallaning 931 tasida jinoyat sodir etilgan. Qayd etilishicha, bu eng yuqori ko‘rsatkich. Samarqand viloyatining 1889 mahallasidan 996 tasida. Jizzax viloyatining 80 foiz mahallasida jinoyat sodir etilgani aytildi.