Light | 19:45 / 15.11.2017
30690
6 daqiqa o‘qiladi

Stiv Jobsdan Ilon Maskgacha: 25 yoshida ular nima bilan mashg‘ul bo‘lishgan?

Bugungi kunda ularning barchasi millioner yoki milliarder, lekin hammasining ham yoshligi bir xilda o‘tmagani aniq. Lekin ularni bir narsa birlashtirib turadi: ularning barchasi mehnat qilishni istashgan.

Barchasida muvaffaqiyat tushunchasi va unga yetishish yo‘li turlicha bo‘lgan: kimdadir to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lsa, boshqalarida egri-bugri so‘qmoqlar orqali.

Taniqli va badavlat insonlar ham bundan mustasno emas. Amerikaning eng taniqli 10 kishisi 25 yoshida nima ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida Insider.Pro ma'lumoti bilan o‘rtoqlashamiz.

Amazon asoschisi va direktori Jyeff Bezos moliya sohasida unchalik qiyin bo‘lmagan ish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

24 yoshida Bezos Bankers Trust komaniyasiga bank tashkilotlari uchun inqilobiy dasturiy ta'minot ishlab chiqish uchun ishga kiradi. Ikki yil o‘tib u kompaniyaning eng yosh vitse-prezidentiga aylanadi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp otasining qurilish kompaniyasini meros sifatida qabul qilib olgan.

Tramp badavlat quruvchi-magnat oilasida o‘sgan. 25 yoshida yosh quruvchi otasining Elizabeth Trump & Son kompaniyasi ustidan nazoratni qo‘lga oladi va uning nomini Trump Organization deb o‘zgartiradi. Shundan so‘ng u Manhettendagi yirik va daromadli loyihalarda ishtirok etib, boylik orttira boshlaydi.

 

Aktrisa Jyennifer Lourens bu yoshda «Oskar» va millionlarga ega edi.

Forbes baholashlariga ko‘ra, 26 yoshli Lourens Hollivudning eng ko‘p haq oluvchi aktrisasi hioblanadi. 2015 yilda u 52 mln. dollar ishlab topgan, 2016 yilda esa — 46 mln. dollar. 25 yoshida Lourens «Och o‘yinlar» trilogiyasi, «Iks odamlar» franshizasida suratga tushishga ulgurgan edi.

 

Apple hammuassisi Stiv Jobs o‘z kompaniyasini birjaga olib chiqib, millionerga aylangan.

1980 yilning dekabrida, ilk savdo kuni nihoyasida Apple Computer kapitalizatsiyasi 1,2 mlrd. dollargacha ko‘tariladi va uning muassislarini juda boy kishilarga aylantiradi. Uch muassisdan biri bo‘lgan Jobs o‘shanda 25 yoshda edi. Keyinroq u o‘z biografi Uolter Isaaksonga iqror bo‘lishicha, pul bilan hayotimni barbod qilmayman, deya o‘shanda o‘ziga o‘zi so‘z bergan.

 

5. Mark Tsukerberg kompaniyasi ishga tushdi va ilk marta 300 millionta foydalanuvchini yig‘di.

25 yoshida Tsukerberg Facebook ustida ish boshlaganining beshinchi yili ketayotgan edi. 2009 yilda kompaniya ilk marta foydaga chiqdi va 300 million nafar foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Tsukerberg juda mamnun edi, lekin Facebook’da bu hali boshlanishi ekanligini yozadi: «Bu barchani birlashtirishdek maqsadimiz sari qo‘yilgan ilk qadamdir». Kelgusi yili Time jurnali uni yil kishisi deb e'lon qiladi.

 

6. Huffington Post asoschisi Arianna Haffington o‘zining sevgan yigiti bilan butun dunyo bo‘ylab musiqa festivallariga sayohatga chiqadi.

21 yoshida Arianna Stassinopolis (qizlik familiyasi) britaniyalik taniqli jurnalist Genri Bernard Levinni uchratib qoladi. Ularning o‘rtasida iliq munosabatlar uyg‘onadi va kelgusi bir necha yil mobaynida bo‘lajak Haffington BBC uchun maqola yozayotgan Levin bilan dunyo bo‘ylab musiqiy festivallarga yo‘l oladi.

 

7. Yozuvchi Joan Rouling «Harri Potter» haqidagi syujyetni poyezdda o‘ylab topadi.

1990 yilda Rouling poyezdni kuta turib «Harri Potter» g‘oyasini o‘ylab topganida u 25 yoshda edi. Birinchi kitobni u shu kuniyoq yozishga kirishadi, biroq tugatishga yillar ketadi. Bu yillar ichida u turmushga chiqishga, qizaloqli bo‘lishga, ajrashishga, klinik depressiyaga chalinishga ulguradi va kitob 1995 yilga kelibgina yakunlanadi. 1997 yilda u chop etiladi.

 

8. AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Yyel universiteti yuridik maktabini tugatgan edi.

23 yoshida Hillari boshqa bir yurist-talaba Bill Klinton bilan uchrasha boshlaydi. U bilan gapni bir joyga qo‘ygan Hillari universitetda yana bir yil qoladi va 1973 yili, 25 yoshni to‘ldirishi arafasida yuristlik diplomini oladi. O‘qishni tugatishgach, yigiti Bill uning qo‘lini so‘raydi, biroq qiz rad javobini beradi. Faqat 1975 yilda, ular Arkanzasga ko‘chib o‘tishgach, Hillari Billga tegishga rozilik bildiradi. Keyinroq u Arkanzasning birinchi xonimiga, so‘ngra AQShning birinchi xonimiga aylanadi, keyinroq senator va davlat kotibi bo‘lib ishlaydi.

 

Yana bir sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt bu yoshida siyosat bilan shug‘ullanishni endigina boshlayotgan, oilasi bilan o‘ralashib yurar edi.

AQSh tarixidagi birinchi ayol davlat kotibi, ayni paytda Jorjtaun universiteti xalqaro munosabatlar professori siyosiy karerasini 25 yoshidan boshlagan, ungacha esa o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Jozef Olbrayt bilan yashab, faqat oilaviy ishlar bilan shug‘ullanar edi.

 

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask o‘zining ilk internet-startapini tashkil etgan.

25 yoshida Mask Stenforddagi aspiranturadan voz kechib, o‘zining xaritalar va internet-ma'lumotnomalar bilan savdo qiluvchi Zip2 internet-kompaniyasi bilan shug‘ullanishni afzal biladi. To‘rt yil o‘tgach, Compaq kompaniyasi startapni 307 million dollarga xarid qiladi, bu pullarni Mask PayPalni rivojlantirishga yo‘naltiradi.

Mavzuga oid