12:10 / 15.11.2017
17154

Toshkentda “Captiva” haydovchisi marixuana bilan ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 11 noyabr kuni soat taxminan 15:40 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, kinologiya xizmati iti ishtirokida, “Captiva” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, mazkur avtoulov haydovchisi, 1969 yilda tug‘ilgan A.N.ning yonidan og‘irligi 2,06 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top