O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida aviaqatnov to‘g‘risida bitim imzolandi

Foto: mfa.uz
2017 yilning 14 noyabr kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Alfonso Dastis bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishda istiqbolli yo‘nalishlarga alohida e'tibor bergan holda davlatlararo aloqalarning ko‘plab masalalari batafsil muhokama qilindi hamda «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi», «Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi» doirasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘rib chiqildi va muhim xalqaro muammolar to‘g‘risida fikr almashildi.
Ostona shahrida 2017 yilning 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ispaniya qiroli Filipp VI bilan uchrashuvi azaldan ishonchli va konstruktiv xususiyatga ega O‘zbekiston hamda Ispaniya muloqotining muhim bosqichi bo‘lganligi mamnuniyat bilan ta'kidlandi.
Ispaniya tomonining iltimosiga ko‘ra, A.Komilov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 10 noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqining asosiy vaziyatlari va forum yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Suhbatda, o‘zaro tovar aylanishining o‘sishi, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun ham birdek foydali ekanligini inobatga olgan holda O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish uchun diplomatik qo‘llab-quvvatlashga tomonlar tayyor ekanliklari tasdiqlandi.
Shuningdek, uchrashuvda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga yetgach, vazirlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasida aviaqatnov to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Ispaniya Qirolligi hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitim imzoladilar.
Mazkur hujjatlar transport-kommunikatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi, shuningdek, ikki mamlakat milliy yuk tashuvchilarining qatnov geografiyasini kengaytish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi
Jahon | 18:52
-
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?
Sport | 18:38
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

21:48 / 27.06.2025
Ispaniyalik tadqiqotchilar haftasiga to‘rt kunlik ish rejimining samaradorligini isbotladi

11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi

23:30 / 25.06.2025
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi

14:54 / 20.06.2025