17:10 / 16.11.2017
10976

«Agrobankmobile» innovatsion xizmat turi – to‘lovlarning oson yechimi 

Milliy matbuot markazida «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan «Plastik karta tizimini takomillashtirish, bu borada joriy etilayotgan innovatsion g‘oyalar va ularni rivojlantirish asoslari» mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda bugungi kunda bankda plastik kartalar bilan ishlash tizimida zamonaviy interaktiv xizmat turlarini rivojlantirish yuzasidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Foto: Agrobank

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, bank tomonidan tarqatilgan plastik kartalar soni 3 milliontani tashkil etib, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulayliklar yaratish uchun 19 mingtaga yaqin korporativ plastik kartalar muomalaga chiqarildi. 

Ayni paytda plastik kartalar orqali to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida «Agrobank» filiallarida 30dan ziyod bankomat va 120ta infokioska faoliyat yuritmoqda. Ular orqali ish haqi, pensiya to‘lovlarini yuklash, shuningdek, kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, moliya muassasasi tomonidan «Agrobankmobile» zamonaviy xizmat turi joriy etilib, aholiga sifatli, tezkor va ishonchli xizmatlar  ko‘rsatilmoqda. Ayni paytda yangi xizmat turi nafaqat «Agrobank» plastik kartalaridan foydalanuvchi barcha mijozlarga, balki boshqa bankning plastik kartalaridan foydalanuvchilar uchun ham taklif etilmoqda. 

Mazkur mobil ilova orqali soliq va bojxona, kommunal, kreditlarni so‘ndirish, kartadan kartaga pul o‘tkazish, uyali aloqa hamda shahar telefonlari, internet-saytlar va televideniye, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari hamda sug‘urta xizmatlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. 

Shuningdek, «Agrobank»da xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun «Agrobankmobile-Biznes» mobil ilovasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Unda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hisob raqamlaridagi mablag‘larni tasarruf etish, tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘tkazish, turli hisobotlarni shakllantirish va boshqa imkoniyatlar yaratilgan.

Tadbirda kelgusida aholi va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator xorijiy davlatlarda foydalanib kelinayotgan VISA, Union Pay, Master card, MIR kabi xalqaro plastik kartalar tizimini yanada rivojlantirish borasida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Foto: Agrobank

Anjuman so‘ngida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.

Foto: Agrobank

Telegram kanalimizga qo‘shiling: 
https://t.me/AgrobankChannel

Sahifamizga a'zo bo‘ling va  yangiliklarimizni boshqalar bilan bo‘lishishni unutmang!

Agrobank ilovasini ko‘chirib oling:

Google Play App Store

Top