08:36 / 16.11.2017
5048

Al Bano faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi

Foto: Reuters

Italiyalik mashhur xonanda Al Bano 2018 yilning 31 dekabridan o‘z faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi.

«Men 2018 yilning 31 dekabridan boshlab qo‘shiq aytishni to‘xtataman. Umid qilamanki, ajoyib konsert beraman, so‘ng esa uzumchilik bilan shug‘ullanaman», - deya taniqli xonandaning so‘zlarini keltiradi ANSA nashri.

Al Bano jahonga mashhur Felicita qo‘shig‘ining muallifidir. U Romina Pauer bilan birgalikdagi hamkorligi tufayli ham juda mashhur bo‘lib ketgan. Shuningdek, Al Bano Pauerga uylanib, ular 1970-1999 yillar davomida birga yashashgan.

Top