01:49 / 16.11.2017
17100

KUN.UZ videodayjesti: Benzinning oshirilgan narxlari, Markaziy bankdan yangiliklar, Mugabening ag‘darilishi va boshqalar

KUN.UZ sayti yangi loyihasi ishga tushib, kunning eng muhim voqealari tafsilotlari videodayjest ko‘rinishida muxlislar e'tiboriga havola qilib boriladi. 15 noyabr kuni ro‘y bergan voqea va yangiliklarga bag‘ishlangan 5 daqiqalik videodayjestda quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tilgan:

  • Kunning asosiy xabari — Zimbabveda 37 yildan buyon hukmronlik qilib kelgan diktator Robert Mugabening ag‘darilishi bo‘ldi. Harbiylar poytaxni qo‘lga olishdi va Mugabeni uy qamog‘iga tashlashdi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Respublika bosh prokurorga ikki yangi o‘rinbosar, Soliq valyutaga oid jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga yangi boshliq tayinladi
  • Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazgan videoselektorda jinoyatchilik hamda huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish masalasiga chuqur to‘xtalib o‘tdi hamda Farg‘onada o‘z  qaynonasini urib o‘ldirgan qotil kelin haqida gapirdi
  • Jazoni ijro etish muassasalari faoliyati keyingi 6 yil ichida yanada rivojlantiriladi

15 noyabrda ro‘y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o‘laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Top