Tanzaniyaning shimolida yengil motorli samolyotning falokatga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda samolyotga egalik qilgan Coastal Aviation kompaniyasi ma'lum qildi.  

Voqea 15 noyabr ertalab Empakay krateri yaqinida yuz bergan. 

“Biz tergov o‘tkazilish uchun barcha zarur jarayonni ta'minlaymiz”, deb aytgan kompaniyaning boshqaruvchi direktori Julian Edmunds.

Samolyotning qulashi sabablari va boshqa tafsilotlar hozircha ma'lum qilinmagan.