17:25 / 16.11.2017
44834

Tramp Nazarboyevga taklif bilan chiqqan 

Foto: inform.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Xavfsizlik Kengashi uchrashuvi doirasida Vashingtonga Donald Trampning taklifi bo‘yicha keladi. Oqo‘rda matbuot xizmati prezidentning Astana club yopiq yig‘ilishi vaqtida qilgan ma'ruzasi videosini YouTube’da joylashtirdi.

"Bizning yaqinda telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotimizda prezident Tramp menga Oq uyga tashrif buyurish taklifi bilan chiqdi. Qozog‘iston 2018 yilning 1 yanvaridan BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qiladi, men u yerda bo‘laman. Men shu paytda Vashingtonga borishim haqida kelishib oldik. AQSh kabi yetakchi davlat bilan har doim gaplashishga mavzu topiladi", - deya aytib o‘tdi Nazarboyev.

Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda

Prezident ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda 300 dan ortiq AQSh kompaniyasi ishlaydi, ular mamlakat iqtisodiyotiga taxminan 50 mlrd. dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirishgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston bundan keyin ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida.

"Biz bu hamkorlik ham texnologiyalar, ham o‘zaro sarmoyalar bo‘yicha davom etishini istaymiz", - deya ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Top