«Bu uylarni ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, aholi manfatlarini o‘ylab qurmoqdamiz». Shavkat Mirziyoyev Sergelida

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 noyabr kuni Sergeli tumanida qurilgan yangi uy-joylarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«13 gektar maydonda 66 ta ko‘p qavatli uy-joy qad rostladi. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasasi, 630 o‘rinli o‘rta ta'lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya bo‘linmasi, pochta va kitob do‘koni, dam olish maskanlari, poliklinika, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan», deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, mavzeda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
«Bu uylarni birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, aholi manfatlarini o‘ylab bunyod etmoqdamiz. Shunday ekan, binolarni zamon talablariga mos qilib qurish kerak. Bundan tashqari, uylarni saqlash, to‘g‘ri foydalanish ham burchimizdir. Bu borada shu yerda yashovchilarning mas'uliyatini oshirish, ularda o‘z uyi uchun javobgarlik hissini kuchaytirish lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yangi qurilgan xonadonlarda bo‘ldi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, uy sohiblari bilan dildan suhbatlashdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovg‘alar taqdim qildi.
Yangi uy sohiblari Prezident bilan suhbatda yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini izhor etdi.
«Bu yerga ko‘chib kelayotganlarni ish bilan ta'minlash masalasi ham dolzarbdir. Kelajakda quriladigan korxona va ishlab chiqarish obektlari bu uylarga yaqin joyda bo‘lishi muhim», — dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston | 09:57
-
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi
Jahon | 09:54
-
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida
Iqtisodiyot | 09:02
Mavzuga oid

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

22:38 / 23.03.2025