18:55 / 17.11.2017
9219

Qozog‘iston Tojikistonga yordam berish haqida qaror qabul qildi

Foto: inform.kz

Qozog‘iston Respublikasi Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami doirasida mazut xarid qilish uchun 3,8 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ taqdim etadi. Bu haqda qozoq OAV xabar bermoqda.

Qozog‘iston hukumati qaroriga ko‘ra, mamlakat Mudofaa va aerofazoviy sanoat vazirligiga hukumatning favqulodda zaxirasidan Tojikistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish doirasida ming tonna mazut xarid qilish uchun 3,8 mln. dollar ajratish topshirig‘i berildi.

Bu mablag‘lar 2017 yilga mo‘ljallangan respublika byudjyetida nazarda tutilgan.

Top