Oilaviy poliklinikalarda navbatga yozilish uchun elektron tizim joriy qilinadi

Foto: O‘zA
Davlat rahbari Sergeli tumani 6-A mavzesida barpo etilgan 61-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Uch qavatli, 250 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinikada ultratovush tashxisi, raqamli rentgen, elektrokardiograf, fizioterapiya, klinik va biokimyo laboratoriya bo‘limlari, kunduzgi shifoxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, otolaringolog, okulist, nevrolog, immunolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Oilaviy poliklinikadagi asosiy yangiliklardan biri – bu bemorlar navbatga yozilishi uchun elektron tizim joriy qilinganidir. Ya'ni bemor shifokor qabuliga poliklinikaga kelmasdan turib, internet yoki telefon orqali ro‘yxatxonada o‘rnatilgan tizim yordamida navbatga kiritiladi. Bu ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarflashning oldini oladi.
Prezident ushbu tizimni 61-oilaviy poliklinika misolida namunaviy qilib poytaxtdagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalariga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Tibbiyot sohasidagi islohotlar, avvalo, oilaviy poliklinikalarga chuqur kirib borishi, ushbu maskanlar aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha faoliyat yuritishi, qaysi kasalliklar kamaygani, qaysilari erta aniqlanib davolanayotgani bo‘yicha muntazam axborot berilishi lozimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

22:38 / 23.03.2025
Sergelida yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

12:00 / 12.10.2024