Pentagon AQShning Shimoliy Koreya bilan muzokaralar boshlashi shartini ma'lum qildi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning aytishicha, Pxenyan yadroviy va raketa dasturlarining sinovi va rivojlanishini to‘xtatsagina, AQShning Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishi uchun imkon paydo bo‘ladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
15 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya parlamentida aksariyat qismini Shimoliy Koreyaga bag‘ishlagan nutq so‘zlagan. U barcha davlatlarni Pxenyanni yakkalashga, Rossiya va Xitoyni esa Shimoliy Koreya bilan diplomatik va siyosiy aloqalarni qisqartirishga chaqirgan. Tramp Vashington Pxenyanga yadro quroliga ega bo‘lishga ijozat bermasligini aytgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva bu masalada muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini va o‘zaro tahdidlar va haqoratlar yaxshilikka olib kelmasligini aytgan.
Avvalroq Rossiya va Xitoy Koreya yarimorolida vaziyatni barqarorlashtirish uchun Shimoliy Koreyaga yadro sinovlari o‘tkazish va raketalar uchirishni to‘xtatishni, Janubiy Koreya va AQShga mintaqada mashg‘ulotlar o‘tkazishdan tiyilishni taklif qilgan. Biroq Vashington bu taklifni inobatga olmagan.
Ayni vaqtda Janubiy Koreyada Shimoliy Koreya tomondan xavf bo‘lishi vaji ostida 28 ming amerikalik harbiy joylashtirilgan. Pxenyan o‘z navbatida AQSh hujum qilishidan xavotirlanib, BMTning qat'iy sanksiyalariga qaramasdan, yadro va raketa salohiyatini oshirishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024