07:48 / 17.11.2017
23974

Pentagon Trampni iste'foga chiqarishga “chaqirdi”

Foto: epa/vostock-photo

AQSh mudofaa vazirligi o‘zining Twitter’dagi akkauntida AQSh prezidenti Donald Trampni iste'foga chiqarishga chorlovni tasodifan o‘z obunachilariga tarqatib yubordi. Vazirlik @proudresister niki ostidagi foydalanuvchining postini tarqatgan, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Foydalanuvchi o‘z postida quyidagi matnni qoldirgan: “Yechim oddiy. Roy Mur, saylovoldi poygasidan voz kech. El Franken, kongressdan iste'foga chiq. Donald Tramp, prezident lavozimidan ket. Respublikachilar partiyasi, jinsiy zo‘ravonlikni partiya muammosi sifatida ko‘rsatishni bas qiling. Bu sizning ikkiyuzlamachiligingiz kabi jinoyatdir”.   

5,24 mln obunachisi bo‘lgan Pentagon retviti darhol o‘chirib tashlangan, biroq foydalanuvchilar uni ko‘rishga ulgurishgan.

Birozdan keyin vazirlik matbuot kotibi Dana Uayt tvitterdagi sahifasida xato yuz berganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top