Reyting: O‘zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?

Foto: KUN.UZ
Oktyabr oyida hh.uz (Headhunter Job Index) portalida joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 258 foizga ko‘p (4 baravar ko‘p) vakansiya joylashtirildi, bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy ulushi esa Toshkent shahrida nashr etildi.
O‘zbekistonning eng talabgor professional sohalari
Manbaga ko‘ra, oktabr oyida O‘zbekistonning eng talabgor professional sohalari "Sotuvlar" bo‘lgan, barcha vakansiyalarning 21,3 foiz ulushi shu sohaga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi o‘rinda "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" - 10,1 foiz. Uchinchi o‘rin 9,0 foiz ko‘rsatkich bilan "Marketing" sohasiga tegishli, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa 8,4 foiz ulush bilan "Ma'muriy personal" va "Ishlab chiqarish" sohalari bo‘lishib oldi.
Eng yaxshi haq to‘lanuvchi professional sohalar
Oktyabr oyida portaldagi eng yaxshi haq to‘lanuvchi professional sohalardan biri "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" bo‘ldi. Bu yerda maksimal ish haqlari qayd etilgan, soha ish beruvchilari nomzodlarga 5 000 000dan 12 750 000 so‘mgacha maosh to‘lashga tayyor.
IT-texnologiyalar doim eng talabgor va tez rivojlanuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Bu soha mutaxassislariga bo‘lgan talab haddan ziyod yuqori, ish haqi ham shunga yarasha.
Ish beruvchilar IT-mutaxassislar pozitsiyalarida a'lo darajali professional ko‘nikmalar va zarur ish tajribasiga ega nomzodlarni ko‘rishni istashadi.
Ikkinchi o‘rindan "Oliy menejment" sohasi mutaxassislari joy oldi. Bu yerda ish beruvchilar nomzodga oyiga 4 milliondan 13 millionga yaqin pul to‘lashga tayyorlar. Nomzodlar aniq maqsad va vazifalar qo‘yib, natijalarga erisha biluvchi kuchli boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalariga, rahbarlik lavozimlarida tajribaga ega bo‘lishlari kerak.
Oyiga 8 milliondan oshiq ish haqi yuqori ish samaradorligi va ishtiyoqqa ega ingliz tili bilan ishlovchi kopirayterlar va rerayterlarga taklif qilinadi.
Sotuvlar sohasi mutaxassislariga ish beruvchilar oyiga 5-7 000 000 so‘m taklif qilishmoqda. hh.uz portalida bosh buxgalter va HR-menejyerga to‘lanayotgan eng yuqori ish haqi 5 000 000 so‘mni tashkil qiladi.
Marketing va PR-menejyeri hamda xaridlar bo‘yicha menejyerlar oyiga 4 million so‘mgacha ish haqi olish imkoniga ega.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

15:21 / 20.03.2025