Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 7 farzandi va 7ta «Oltin to‘p»i bo‘lishini istaydi
«Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir nechta «Oltin to‘p» yutib olish istagida ekanini ma'lum qildi.
«O‘ynashda davom etarkanman, imkon qadar sovrinlar yutib olishga harakat qilaman. Orzuim — beshinchi «Oltin to‘p»ni olish, bir yil o‘tib oltinchisi uchun harakat qilaman. Men juda xursandman, atrofimdagilar menga xursandchilik bag‘ishlaydi. Men 7 farzandim bo‘lishini istamoqdaman. Menda 7 farzand va 7ta «Oltin to‘p» bo‘lsin», — deya gapirgan Ronaldu L'Équipe uchun bergan intervyusida.
Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Ronaldu shu vaqtgacha 4 marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan, yaqinda uning oilasida to‘rtinchi farzandi tug‘ildi. Jorjina Rodriges 12 noyabr kuni futbolchiga qiz tug‘ib berdi. Ronaldu bungacha surrogat onalardan 3 farzandga ega edi. Uning birinchi farzandi Kichik Krishtianu 8 yoshga chiqqan, egizaklari Yeva va Mateo 2017 yil iyunida dunyoga kelgandi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025