Jamiyat | 21:40 / 17.11.2017
31755
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning 6 yoshli qizalog‘ini onasiga qaytarib berishmayapti

Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish MIGRANT.MOBI uzluksiz liniyasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Feruza Akramovna O‘tkirova murojaat qilib, 3 noyabr kuni RF Ichki ishlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bo‘limi voyaga yetmaganlar ishlari buyicha bo‘limi xodimlari 6 yoshli qizi Ruxshonani tortib olishgani va hanuzgacha berishmayotganini bayon etdi. RF Oila kodeksining 77-moddasida ko‘rsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib olish huquqini yuzaga chiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga hech qanday tahdid yuzaga kelmagan.

3 noyabr kuni Feruza O‘tkirova ko‘chaga o‘z ishlari bilan chiqib, qizalog‘ini to‘ng‘ich o‘g‘li (19 yoshli) bilan uyda qoldiradi. O‘g‘lini zudlik bilan ishxonasidan chaqirib qolishadi, u onasining uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, ishiga jo‘naydi. Aftidan, aka shoshganidan u uy eshigini qulflashni yodidan chiqaradi yoki Ruxshonaning o‘zi eshikni ocha oladi, lekin qizaloq ko‘chaga chiqadi va uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishadi.

Ayni paytda Ruxshona Klindagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya marakazida ushlab turilibdi. O‘tgan shuncha vaqt mobaynida onasiga bir marta farzandini ko‘rishga izn berishgan. Onaizorning aytishicha, ushbu markaz xodimlari bir necha bor uni haqorat qilishgan va tahqirlashgan, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi xodimi esa unga farzandini yaqin orada qaytarib qo‘liga ololmasligini aytib, tahdid qilgan.

Ayni paytda qizaloqning barcha hujjatlari tayyor, oila aslo parokanda emas — inoq, qizning ota-onalari piyonista emas. Onaizorga voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasining qarorisiz farzandini qaytarib berishmoqchi emas.

Mavzuga oid