15:40 / 17.11.2017
22466

«Sizdan ko‘nglimiz qoldi» - Erdo‘g‘an AQSh bo‘yicha yana keskin bayonot berdi 

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShni IShID terrorchilik guruhiga moliyaviy yordam ko‘rsatishda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

«Bizning AQShdan ko‘nglimiz qoldi. Ular IShID bilan kurash olib borishayotganini aytishdi, aslida esa nima qilishdi? IShIDga juda ko‘p miqdorda pul berishdi. Biz ular bilan Afrin bo‘yicha ittifoqchilik munosabatlariga kirishmaymiz. AQSh o‘zaro kelishuvlarni har doim, tizimli ravishda buzib kelgan», - dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, Turkiya fuqarolari AQSh Suriyada nima qilayotgani bo‘yicha savolga javob topa olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ham IShID tarafdorlari ushlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top