Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo‘ladi

Foto: Azertag
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov Ozarboyjon prezidenti bilan suhbat paytida ma'lum qilgan.
Azertag nashri xabariga ko‘ra, 17 noyabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ushbu davlat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan. Tomonlar iqtisodiy-savdo munosabatlarni rivojlantirish, madaniy va ijtimoiy sohadagi hamkorlik masalalarni muhokama etishgan.
Xabarda aytilishicha, Alisher Sultonov yangi foydalanishga topshirilgan Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘l loyihasi haqida so‘z yuritib, «uning mintaqaviy ahamiyatiga to‘xtalgan».
Prezident Ilhom Aliyev uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi energetika va transport munosabatlarini yanada yaxshilashga katta e'tibor qaratish zarurligini bildirgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ishlari boshlangani haqida ma'lumot berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Jye Inning taklifiga binoan joriy yilning 22–25 noyabr kunlarida davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi. Shu yilning may oyida prezidentlik lavozimida ish boshlagan Koreya rahbari o‘tgan haftada, seshanba kuni ilk xorijiy hamkasbini mamlakat poytaxtida kutib olgandi. AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifidan so‘ng, O‘zbekiston rahbari Janubiy Koreyaga borishi tarixiy voqealikka aylanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

15:15 / 25.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

14:50 / 25.06.2025
Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistonda ta’lim olishi qayta tiklanadi

07:47 / 25.06.2025
Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi

19:42 / 24.06.2025