Foto: Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tildi
Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan 10 km masofaga ommaviy yugurish aksiyasi o‘tkazildi.
«Mustaqil O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu azim yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. Davlat bayrog‘i ma'naviyatning eng muhim timsoli bo‘lib, ona vatanga iftixor va cheksiz hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shu munosabat bilan hamda yengil atletika sport turlarini yanada ommalashtirish, aholi, yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida Qurolli Kuchlar tuzilmalarining vazirlik va idoralari harbiy xizmatchilaridan iborat 23 jamoasi uch yosh toifada (35 yoshgacha, 45 yoshgacha va 45 yoshdan yuqori) ommaviy yugurish aksiyasida ishtirok etdi.
Ommaviy yugurish Toshkent shahrining Maxtumquli ko‘chasidagi «Aviator – korzinka» megamarketidan boshlandi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etib borildi.
Bayramona tadbirni yugurish yo‘nalishi bo‘yicha va Toshkent ko‘chalari bo‘ylab Mudofaa vazirligiga qarashli «AS-350» rusumli vertolyotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining namoyishkorona olib o‘tilishi yakunlab berdi.
Ikkita AS-350 vertolyoti quyidagi yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilgan: Muqimiy ko‘chasi, Amir Temur xiyoboni (bu yerda katta doira hosil qilindi) — Amir Temur ko‘chasi — Toshkent teleminorasi — Hayvonot bog‘i — Markaziy harbiy gospital — Akademiklar shaharchasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Parkent ko‘chasi — Tuzel.
Aktsiya O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ommaviy yugurishda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025