18:20 / 18.11.2017
26565

Galkin va Pugachyova rasman oila qurdi

Foto: Vesti.ru

Teleboshlovchi Maksim Galkin xonanda va Sobiq Ittifoq xalq artisti Alla Pugachyova bilan nikohdan o‘tdi. Marosimdan olingan videoyozuv uning Instagram-sahifasida joylashtirildi.

"Bizda quvonchli hodisa! Biz nikohdan o‘tdik", - deya yozgan Galkin.

Yozuvdan ko‘rish mumkinki, hodisaga ushbu juftlikning farzandlari – Garri va Yelizaveta guvoh bo‘lgan, ular ro‘y berayotgan jarayonni diqqatlik bilan kuzatib bordi.

Ma'lumot uchun, Maksim Galkin va Alla Pugachyova 2001 yilda uchrashishni boshlagan, oradan o‘n yil o‘tib esa oila qurishdi. 2013 yilda juftlikda egizak farzand tug‘ildi. 

Top