Muayyan qon guruhiga ega odamlar havo ifloslanishidan kamroq aziyat chekishlari aniqlandi
Amerikalik kardiologlar 2, 3 va 4 qon guruhlariga ega odamlar kuchli ifloslangan atrof-muhitda 1 qon guruhiga ega odamlardan ko‘proq darajada o‘tkir konorar (ishemik) sindrom rivojlanishi xatariga moyil ekanliklarini aniqlashdi. Tadqiqotga ko‘ra, 1 qon guruhiga ega odamlar havo ifloslanishidan kamroq aziyat chekadi. Olimlar bu haqda Kaliforniyada o‘tgan Amerika yurak uyushmasi anjumanida ma'lum qilishdi.
O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasining xabar berishicha, havo ifloslanishi inson salomatligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi: havoda ko‘p miqdorda oltingugurt va azot saqlovchi moddalar bo‘lishi yurak-tomir va nafas olish tizimlari kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Biroq ba'zi odamlar iflos havoni qolganlarga nisbatan osonroq boshdan kechiradilar va bu baxtli insonlar – 1 qon guruhi egalari bo‘lib chiqdi.
Olimlar 1993 yildan 2007 yilgacha davr ichida o‘tkir konorar sindrom – yurak ishemik kasalligining xavfli kuchayishini boshdan kechirgan bemorlar haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Bemorlarning kasallik tarixi havoda yirik chang – o‘lchami 2,5 mikrondan (1 mikron = 0,001 mm, ya'ni millimetrning yuzdan biri) oshmaydigan yirik chang miqdori haqidagi ma'lumotlar bilan qiyoslandi. Aniqlanishicha, havoda bunday changlar nisbatan kam bo‘lganda, ishemiyaning avj olishi xavfi barcha qon guruhidagi odamlar uchun bir xil bo‘ladi. Biroq chang miqdori oshgan sari, 1 qon guruhi va qolgan uch qon guruhi egalari orasidagi tafovut ortib boradi.
Olimlarning ta'kidlashlaricha, rejimga amal qilish va jismoniy mashqlar qon guruhidan qat'i nazar, ishemiyaning kuchayishi oldini olishga imkon beradi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

18:29 / 19.05.2022
SSV: Parijda O‘zbekistonning kardiologiya sohasidagi yutuqlari e’tirof etildi

18:00 / 09.11.2021
Prezident: Kasallikni qisqartirish bilan kambag‘allikni qisqartirish bevosita bog‘liq

17:28 / 09.11.2021
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘iniga ajratiladigan mablag‘lar ikki barobarga oshiriladi – Shavkat Mirziyoyev

18:08 / 29.08.2019