Zimbabvening ag‘darilgan prezidenti Robert Mugabe harbiylardan «yana bir necha kungina hokimiyatda qolishni» so‘radi, deb yozadi Independent nashri o‘z manbalariga tayanib.
Harbiylar guruhi boshlig‘i, yaqindagina iste'foga chiqarilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning maslakdoshi Kris Mutsvanva prezident lavozimdan voz kechishi haqida o‘zi qarorga kelishi kerakligi, aks holda, bu masalani ular o‘z qo‘llariga olishlarini ta'kidlab o‘tdi.
Nashrning yozishicha, «garchi hukmron Zanu-PF partiyasi buning aksini ta'kidlayotgan bo‘lsa-da, 93 yoshli siyosatchi hamon hokimiyat tepasida qolayotganini aytib kelmoqda».
«Agar u qaysarlik qiladigan bo‘lsa, biz 19 noyabr, yakshanba kuni uni ishdan bo‘shatishni tashkillashtiramiz. Bu narsa amalga oshgach, unga nisbatan impichment e'lon qilinganini 21 noyabr, seshanba kuni e'lon qilamiz», — degan partiya vakili.
Ilgariroq, Zimbabve prezidenti hokimiyat harbiylar qo‘lgiga o‘tganidan buyon ilk bor omma oldida ko‘rinish bergani xabar qilingan edi.












