Jahon | 20:00 / 18.11.2017
12733
1 daqiqa o‘qiladi

Mugabe «o‘lsa ham» hokimiyatni topshirmoqchi emas

Foto: AP

Zimbabvening amaldagi prezidenti, ayni vaqtda uy qamog‘iga tashlangan Robert Mugabe o‘z ixtiyori bilan iste'foga ketishga rozi bo‘lmayapti. Bu haqda uning qarindoshi Patrik Zuvaoga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, u va uning rafiqasi «hokimiyatni topshirgandan ko‘ra, o‘lishni» afzal ko‘radi.

Zuvao ayni vaqtda prezidentning sog‘ligi joyidaligini ma'lum qilgan.

Shanba kuni Zimbabve poytaxti Xarareda minglab kishilar Mugabening hokimiyatdan chetlashtirilganini ko‘chalarga chiqib bayram qilishdi.

«Nihoyat bu kun keldi!». Zimbabveda minglab kishilar Mugabening ag‘darilishini nishonlashmoqda

Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Zimbabve harbiylari Xararega kirib, 37 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelgan Robert Mugabeni va rafiqasini hibsga olgandi. Hukumatdagi partiya ham o‘zgarishlar davri kelgani haqida e'lon qildi.

Mavzuga oid