14:00 / 18.11.2017
5788

Nyu-Yorkdagi turarjoylardan birida yirik yong‘in ro‘y berdi

Foto: © REUTERS / Steven Gabriel

17 noyabr, juma kuni kechqurun Nyu-York yaqinidagi 6 qavatli turarjoy binosida yong‘in kelib chiqishi oqibatida 9 kishi jarohatlandi. Hodisa Nyu-Yorkning Manhetten mavzesidan shimolroqda ro‘y bergan. Bu haqda AP nashri Qo‘shma shtatlar o‘t o‘chirish boshqarmasidagi manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Jabrlanuvchilarning biri shu binoda yashagan, yana bir politsiyachi va 7 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. Ularning hayoti xavf ostida emas.

Mahalliy hukumat bu uyda yashagan 22 oilani mehmonxonaga joylashtirgan.

Ushbu yong‘inni o‘chirish ishlarida megapolisdagi o‘t o‘chirish boshqarmasining 200 nafar xodimi ishtirok etgan, ammo yong‘inni o‘chirish shamol tufayli qiyin kechgan.

Top