Guruh a'zolari bo‘lmish aka-uka Yadgarovlar fuqarolarni yollash va Krasnodar o‘lkasiga jo‘natish bilan shug‘ullanishgan. Ularning sherigi Rossiya fuqarosi Tofik Mamedov esa fuqarolarni ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullangan. Mamedov har bir migrant uchun aka-uka Yadgarovlarga 300 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti va'da qilgan. Mazkur UJGning qonunga zid faoliyatidan Andijon, Surxondaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar jabr ko‘rishgan.
Sirojiddin va Ziyoviddin Yadgarovlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishning sudda ko‘rib chiqilishi yakunlariga ko‘ra, ularga O‘zbekiston Respublikasi JKning 135- va 138-moddalariga (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) ko‘ra tegishli ravishda 9 va 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.











