18:50 / 19.11.2017
11398

Abu Kamol to‘liq Suriya nazoratiga o‘tdi. Navbat Frotbo‘yidagi IShIDga kelmoqda

Foto: Jpost

Suriya hukumati harbiylari hamda Ittifoqchi kuchlar Abu Kamol ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatdi. Bu shahar Suriya yeridagi IShID guruhining so‘nggi tayanch markazi edi. Bu haqda Hizbulloh tarqatgan ma'lumotga tayanib Reuters xabar bergan.

Joriy yil noyabr oyi boshida Ittifoqchi kuchlar Abu Kamolda to‘liq g‘alabaga erishgani haqida xabar bergandi, ammo birozdan so‘ng IShID guruhi tomonidan shahardagi binolarga o‘rnatilgan minalar hali ko‘p ekanligi aniqlangan.

Abu Kamolning hukumat nazoratiga o‘tishi IShID guruhi Frot daryosi qirg‘og‘idagi bir nechta qishloqda qolgani, shuning bilan dasht va cho‘l hududlariga siqilib ketishini taxmin qilish mumkin.

Mavzuga oid
Top