Atom qurolini ishga tushiruvchi AQSh qo‘mondoni prezidentining talabiga qanday javob berishini aytdi

Foto: Metro
Yakshanba kuni Kanadaning Yangi Shotlandiya shahrida o‘tkazilgan Halifax Xalqaro forumida nutq so‘zlagan AQSh Oliy qo‘mondonlaridan biri Jon Hayten «AQSh prezidenti atom qurolini ishlatishga buyruq bersa», bunga nisbatan qanday yo‘l tutishini bildirdi.
«Ba'zilar bizni ahmoq, deb o‘ylasa kerak», deb so‘z boshlagan qo‘mondon Hayten. Uning ta'kidlashicha, amerikaliklar har bir qadamni bosishdan avval, uzoq maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilingan qarorlarga suyanadi.
«Albatta, men prezidentga maslahatlarimni bildiraman, shundan so‘ng u qaror qabul qiladi. Tabiiyki, men uni bajaraman. Agar uning harakati noqonuniy yoxud yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, bu haqda prezidentga ma'lumot kiritaman. «Qonuniy yo‘li qanday bo‘ladi?», deb prezident savol berganda, men unga eng muqobil yechimni ko‘rsataman», deydi u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp BMT minbarida turib, 26 million aholi istiqomat qiluvchi Shimoliy Koreyani bir lahzada yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qilgan. Shuningdek, o‘tgan hafta mobaynida u yetakchi Osiyo davlatlarini koreyslarga nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirgan.
O‘tgan hafta, seshanba kuni esa Kongress oxirgi 30 yilda ilk marta prezident va Senat qo‘mitasining atom qurolini boshqarishiga oid huquqlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025