Dunyoning Angkor-Vat, Machu-Pikchu, Chichen-Itsa, Petra kabi qadimgi yodgorliklarni ko‘pchilik eshitgan. Ammo shunga o‘xshash, lekin kamdan-kam kishilar ko‘rgan tarixiy obidalarni tomosha qilish qanchalik tassurot qoldirishini tasavvur qiling-a!

Izlanuvchan sayyohlik kompaniyalarining sa'y-harakatlari va infratuzilmalarning rivojlantirilishi tufayli jahonning ayrim uzoq va ajoyib yodgorliklari sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ocha boshladi. Yaqin orada bu yerlar sayyohlar bilan to‘lib-toshishi natijasida sirli muhitdan asar ham qolmasligi aniq. Demak dunyoning yangidan kashf qilingan tarixiy yetti mo‘'jizasi haqida. 

Hindiston qirollik imperiyasi vayronalari

Imperiya vayronalari maydoni 265 km2 ni tashkil etadi. Hudud bo‘ylab sirli qumloq toshlar va osori-atiqalar sochilib yotadi. 7-asrdagi Virupakshi ibodatxonasi imperiyadagi eng qadimgi binolardan biri hisoblanadi. Yaxshiroq saqlanib qolgan Sule bozori, Malika hammomi va fillar saqlanadigan filxona o‘rta asrlar Hindistoni qanday bo‘lgani haqida tasavvur uyg‘otadi. 

Gvatemala mayyalarining qadimgi poytaxti

Big Five Tours & Expeditions prezidenti Ashish Sangxraykning so‘zlariga ko‘ra, El-Mirador mayya qabilasining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan va minglab sayyohlar tashrif buyuruvchi Tikaladan 5 marta katta hududni egallagan. El-Miradorni Italiyada Pompeyning ochilishi bilan taqqoslash mumkin. Olimlar bu shaharni bir vaqtlar mayya davlati poytaxti bo‘lgan deb hisoblashadi. 

Portugaliyadagi Rim saroylari vayronalari

Ushbu Rim saroylari eramizdan avvalgi 2-asrda imperator Avgust hukmronligi vaqtida barpo etilgan. Keyinchalik ular vayronalarga aylandi. Aniqlanganidan 100 yil o‘tib esa, Konimbrigi sayyohlarni qabul qilishga shay. 

Sudanning qadimgi ehromlari 

Aytish joizki, Sudanda Misrdagidan ehromlar ko‘p. Ammo ko‘pchilik bu mamlakatni jahon xaritasida topishga qiynalishi mumkin. Uzoq davom etgan fuqarolik urushidan so‘ng, 2011 yil Janubiy Sudan ajralib chiqqach, bu yerda sayyohlik infratuzilmalari rivojlantirila boshlandi. Xususan, Explorations Company boy-badavlat kishilarga mahalliy madaniy meros inshootlariga kelishda ko‘maklashadi. 6  kunlik sayohat davomida Meroe ehromi va Soleb ibodatxonasi qoldiqlari tomosha qilinadi.