09:15 / 19.11.2017
8654

Erdo‘g‘an NATOga ishonish ehtimoliga shubha bildirdi

Foto: EPA/Michael Reynolds

NATO Turkiyaga o‘zining raketalardan himoya tizimlarini taqdim etishdan bosh tortgach, unga ishonish ehtimolini so‘roq ostiga qo‘ydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shunday fikr bildirdi.

"Bu kabi tashkilotga ishonish masalasi alyansning o‘zida ham jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda", - deya prezident so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi. Erdo‘g‘anning qayd etishicha, mamlakat o‘z havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlash uchun Rossiyaning S-400 majmualarini xarid qilish muzokaralarini boshlaganida NATOning yetakchi davlatlari Anqarani tanqid qila boshlagan. 

Ma'lum bo‘lishicha, 2012 yil oxirida Anqara NATOga murojaat qilib, o‘z hududiga raketa zarbalari berilishining oldini olish maqsadida HHH vositalari taqdim etishi so‘ragan edi. 2013 yil Turkiyaning janubi-sharqidagi Suriya bilan 70-100 km chegarasida Germaniya, Niderlandiya va AQSh tomonidan 2 ta Patriot tizimi o‘rnatilgandi. 

2015 yil avgustida GFR hukumati Turkiya janubida bundesver missiyasi yakunlanganini bildirib, u yerdan Patriot batareyasi olib chiqilishini ma'lum qildi. Keyinroq, AQSh ham o‘z raketa tizimlarining Turkiya hududidan olib chiqilishini bildirdi.

Mavzuga oid
Top