22:37 / 19.11.2017
3909

Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan 300 ga yaqin muhojirga qamoq jazosi xavf solmoqda

Foto: SS0 Public Domain

Jazoir sohillari yaqinida Yevropaga qayiqlarda o‘tmoqchi bo‘lgan 286 nafar noqonuniy muhojir ushlandi. Bu haqda Jazoir mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.     

Ta'kidlanishicha, muhojirlar Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali yetib olmoqchi bo‘lganlar.

Endi Jazoir hududini noqonuniy tark etmoqchi bo‘lganlar 6 oylik, odamlarni noqonuniy tashishni tashkillashtirganlar esa 20 yillik qamoq jazosiga tortilishlari mumkin.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘rta yer dengizi qochqinlar qabristoniga aylanayotganini aytgandi. “Vaziyatdan chiqishning yo‘llari hammaga ma'lum. Birgalikda qadamlar amalga oshirilmaguncha, yuklama taqsimlanmaguncha, qonli ekspluatatsiya tizimi yo‘q bo‘lmaguncha qochqinlar muammosi saqlanib qoladi. Iqtisodiy naf uchun mojarolarni avj oldirish hamda diniy va etnik kurashni qo‘zg‘ash muammoni hal qilmaydi”, deb aytgandi Erdo‘g‘an.  

Mavzuga oid
Top