08:20 / 19.11.2017
4444

Ispaniya sohillari yaqinida 600 muhojir qutqarib qolindi

Oxirgi sutkalarda Ispaniya sohillari yaqinida Afrika davlatlaridan kelayotgan 600 ga yaqin muhojir qutqarib qolindi. Bundan dengizdagi qutqaruv xizmati ma'lumotlari darak bermoqda.   

17 noyabr va 18 noyabr ertalab Kartaxena (Mursiya avtonom viloyati) tumanida 41 ta qayiqda 431 kishi aniqlangan. Kun davomida Ispaniyaning janubiy sohillari yaqinida yana 10 ta qayiqda odamlar aniqlangan.

Joriy yilda Ispaniyaga kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni keskin oshib ketdi: yil boshidan Ispaniyaga O‘rta yer dengizi orqali deyarli 17,7 ming – 2016 yildagi 5,4 ming kishidan uch marta ko‘proq muhojir kelgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga 160 ming muhojir kelgan. Ulardan 75 foizi Italiyaga, qolganlari esa Ispaniya, Kipr va Ispaniyaga kelgan. Deyarli 3 ming kishi dengizni kechish vaqtida halok bo‘lgan.

Top