Turkiyaning Istanbul şahri, Bakirköy tumaniga yaqin joyda özbek ayollari mardikorlik işlari uçun har kuni mijoz qidiradi. Gungören mavzesida yiğilgan ayollar CNN Turk telekanali muxbiri Fulya Özturk bilan suhbatlaşib, «har kuni ertalabdan şu joyga kelib turişlari hamda sakkiz soatgaça mijoz kutib qolişi» haqida sözlab berdi.

Kundalik işlarga jalb qilinuvçi asli özbekistonlik bölgan önlab ayollar «iş topib beruvçi vositaçilar orqali ham» mehnat qilişini ta'kidlamoqda.

Özbekistonda faoliyat olib boruvçi taniqli blogger, Ziyouz portali asosçisi Davronbek Tojaliyevning aytişiça, «​avvalo millatdoş ayollarimiz öz yurti va yaqinlaridan yiroqda halol va yaxşi işlarga boryaptilar deb gumon qilaman. Har ne bölganda ham millatdoş ayollarning özga yurtda (öz yurtimizda ham) mardikorlikka çiqişi millat erkaklari uçun isnod»​.

Foto: CNN Turk

«Öz ayoliga ega çiqolmagan (millat) erkak bir kun boşqalarga qul bölişga mahkumdir. Ilk bor ayollar mardikor bozori haqida 2000 yillar boşida Toşkentda öqib yurganimda eşitgandim. Juda xunuk eşitilgandi bu söz. Asta-sekin vodiyda ham şunday bozorlar «​oçildi»​. Qozoğiston, Rossiyada mardikorlik qilayotgan ayollar haqida xabarlar keldi. Buning sabab va faktorlariga töxtalib ötmoqçi emasman. Oğir mavzu»​, deb yozadi Tojaliyev özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Foto: CNN Turk

Ayollar kundalik yumuşlarni bajariş uçun yollanma mehnatkaşlar bozoriga çiqişi ayniqsa poytaxt Toşkent şahrida avj olgan bölib, undagi aksariyat mardikor ayollar poytaxt tevaragidan kelgan, Toşkentda doimiy turar joyga ega bölmagan fuqarolar hisoblanadi.