22:34 / 19.11.2017
4645

OAV: Marokashda yegulik tarqatish vaqtida yuzaga kelgan tiqilinch qurbonlarga olib keldi

Marokashning Es-Suvayra viloyatida, mamlakat poytaxti Kasablankadan 150 km janubda joylashgan Sidi Bualam qishlog‘ida odamlarga oziq-ovqat yordami tarqatilayotganda yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, tiqilinchda 15 ayol nafas siqishdan halok bo‘lgan. Ular tez yordam kelguncha jon berib bo‘lganlar. Yana 40 kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin.   

Guvohlarning aytishicha, odamlar juda ko‘p bo‘lgani sababli bir-birlarining ustlariga yiqila boshlashgan. 

Hozircha oziq-ovqat tarqatishni kim tashkillashtirgani noma'lumligicha qolmoqda. Ma'lum qilinishicha, bu xayriya aksiyasi bo‘lgan.

Top