Saudiya yetakchiligidagi arab davlatlari «Eron masalasi»ni Qohirada ko‘rib chiqadi

Photo: Radio Farda
Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab davlatlari Tashqi ishlar vazirlari yakshanba kuni oqshomda Misr poytaxti Qohira shahrida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishini ma'lum qildi.
Reuters agentligining xabar qilishicha, unda Eron masalasi hamda Livandagi Hizbulloh guruhining faoliyati muhokama etilishi rejalashtirilgan.
O‘tgan qisqa davr ichida, mintaqa Livan Bosh vaziri Saad Ol Haririy misolida eronlik shia kuchlari va sunniy arablar to‘qnashuviga guvoh bo‘lmoqda. Shuningdek, Yaman janubida yuz berayotgan notinch siyosiy o‘zgarishlar siyosiy elita vakillarini tashvishga solgani aniq.
Misrning MENA axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yakshanba kuni shoshilinch uchrashuvni o‘tkazish taklifini Bahrayn, BAA, Quvayt tomonlari qo‘llab-quvvatlagan.
Al-Ahram nashrining yozishicha, ushbu uchrashuv Eron hukumati uchun jiddiy ogohlantirish ma'nosini anglatishi mumkin. «BMT Xavfsizlik Kengashida ish ko‘rib chiqilishi aynan mana shu uchrashuvdan keyin hal bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Ayni paytda Livan sobiq Bosh vaziri Ol Haririy Fransiya poytaxti Parijda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlashish uchun vaqtincha yashab turibdi. U Livan mustaqilligi kuni, chorshanba kuni vatanga qaytishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Livan sobiq Bosh vaziri Saad Ol Haririy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganidan so‘ng, o‘z yurtiga qaytmadi. Buning ustiga, siyosatchi lavozimidan bo‘shashga qaror qilganini e'lon qilgan. Bunga uning joniga suiqasd uyushtirilishi xavfi ortgani bilan qisqacha izoh bergan. Saad Ol Haririyning otasi, mamlakat sobiq Bosh vaziri Rafiq Ol Haririy 2005 yilda suiqasd oqibatida halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025
Kreml: Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralari mazmuni oshkor etilmaydi

15:14 / 24.03.2025
Saudiyada AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari. Bu haqda nimalar ma’lum?

14:50 / 23.03.2025