17:20 / 19.11.2017
56096

Video: NASA Yerning 20 yilda qanday o‘zgarganini namoyish qildi

Amerikaning fazoviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi NASA agentligi so‘nggi 20 yil mobaynida Yer yuzidagi iqlim o‘zgarishlariga doir animatsiya lavhasini namoyish qildi. Rolik agentlikning YouTube sahifasiga joylashtirildi.

Ta'kidlanishicha, 5 daqiqalik videorolikda sun'iy yo‘ldoshlar tomonidan 1997 yildan buyon olingan fotosuratlardan foydalanilgan. 

Videoda Yerdagi abadiy muzliklar va qor qoplamining hajmi qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Xususan, haroratning ko‘tarilishi oqibatida Arktika ancha yashil tusga kirdi. Sayyoraning ayrim hududlarida "biologik bo‘shliqlar" paydo bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top