14:45 / 20.11.2017
12210

Ayollar tennisida eng yorqin «yulduz»lardan biri bo‘lgan sportchi 49 yoshida vafot etdi

Foto: Reuters

Chexiyalik mashhur tennischi, Uimbldon-1998 g‘olibasi Yana Novotna 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda RT xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, Novotna uzoq vaqt davomida saratondan davolangan hamda Chexiyadagi o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mashhur sportchi o‘z faoliyati davomida  yakkalik bahslarida 24 ta WTA musobaqasini va 76 tasini juftlikda yutib olgan.

Ma'lumot uchun, Yana Novotna 1968 yilning 2 oktabr kuni Chexoslovakiyaning Brno shahrida dunyoga kelgan. U 2006 yilda AQSh fuqaroligini ham qabul qilgan. Novotna o‘tgan asrning 90-yillarida ayollar tennisidagi eng yorqin «yulduz»lardan biri bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top