Jahon | 11:20 / 20.11.2017
30635
3 daqiqa o‘qiladi

«Yashirib o‘tirmayman». Atamboyev Qozog‘iston bilan vaziyatda Rossiya manfaati haqida gapirdi

Foto: AKIpress

«Ostona bilan vaziyat izga tushadi. Bu nafaqat Ostona, balki, yashirib o‘tirmayman, birinchi navbatda, Rossiya manfaati uchun kerak», - deya aytib o‘tdi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 20 noyabr kuni Ala-Archa davlat qarorgohida tashkil etilgan yakuniy matbuot anjumanida.

«Bularning bari izga tushadi, biroq mening fikrimcha, bu kelajak uchun ham dars bo‘ldi, endi parlament va prezidentlik saylovlarida hamma ham ichki ishlarga aralashavermaydi. Biz nima qilishni va qanday qilishni, kimni saylashni o‘zimiz hal qilishimiz lozim. 2010-yillarda parlament bo‘yicha Qozog‘iston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maslahatchisi yurib, diplomatdan pullarni tarqatgandi, keyin esa unga kirish taqiqlab qo‘yildi. Asqar edi uning ismi. Bu hech qachon yuz bermaydi, men bunga umid qilmoqdaman. U hafta sayin xavotirli bo‘ladi, biroq biz uchun emas», - deya aytib o‘tdi u.

Prezidentning ta'kidlashicha, qo‘ng‘iroq qilishi yoki muzokaralar uchun o‘zi borishi haqida o‘ylab ko‘rgan.

«Roza Otunbayeva men borishim kerakligini aytgandi. Biz bir yarim oylik blokada yuz berganida, u muzokaralarni qanday olib borganini yaxshi eslaymiz. Men ikki kunga suvni yopib qo‘ydim hamda chegaralarni darhol ochishdi. Bahorgacha 2,5 oy qoldi. Yana bir bor shuni aytamanki, yaqinda do‘stim, buyuk Rossiya prezidenti Putin bilan gaplashdim va unga, agarda sizga YeOII kerak bo‘lsa, uni parchalab tashlashmoqchi bo‘lishayotganini xotirjam kuzatib turmang, dedim», - deydi Atamboyev.

«Bizning xalqimiz ming yillar davomida shunday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan, hamda hattoki shu 6 yil davomida ikkita blokada yuz berdi, biz bundan o‘tib ketamiz. Ular tufayli kamchiliklarimiz bor bo‘lgan joylarni ko‘rmoqdamiz. Har doim foyda topish kerak, xuddi aykidoda kabi: senga hujum qilishadi, sen esa uni ag‘darib tashlaysan. Biz hujum qilmayapmiz, biroq lozim bo‘lganlarni gilamga tashlay olamiz», - deya ma'lum qildi u.

Mavzuga oid