Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an NATO mashg‘ulotlaridagi mojaro butun turk xalqiga qarshi qaratilganini aytdi
NATOning Norvegiyadagi mashg‘ulotlarida Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an suratlarining “shartli raqiblar” sifatida qo‘llanishi bevosita Turkiya va turk xalqiga qarshi qaratilgan bo‘lgan. Bunday fikrni 19 noyabrda Hurriyet turk gazetasiga Erdo‘g‘an bildirdi.
“NATO mojaro keltirib chiqardi. Ular davlatimizni to‘xtata olmasliklarini biladilar va shu sababli bizni nishon sifatida qo‘llaydilar. Bu voqea biror bir aniq yoki muayyan siyosiy partiya bilan bog‘lanmagan. Nishonga Turkiya va butun turk xalqi olingan”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
17 noyabrda Erdo‘g‘an NATOning Norvegiyadagi “Uch tishli nayza – 2017” mashg‘ulotlarida Otaturk va uning o‘zining suratlari shartli raqiblarni tasvirlash uchun qo‘llanganini ma'lum qilgandi. Shu sababli mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan 40 turk harbiysi ortga chaqirtirib olingan.
Ushbu holat yuzasidan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Erdo‘g‘andan ikki marta uzr so‘ragan. U voqea tafsilotlarini tergov qilishga va'da bergan hamda ushbu holat Turkiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuviga olib kelmasligiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:16 / 25.05.2026