17:34 / 20.11.2017
11285

«Merkel davrining intihosi boshlandi»

Foto: Getty Images

Germaniyaning «So‘llar» partiyasi raisi Kitya Kipingning ma'lum qilishicha, mamlakat yangi hukumatini shakllantirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarning muvaffaqiyatsizligi kansler Angela Merkel «davri» yakunining boshlanganini anglatadi.

«Bu kecha Merkel davrining intihosi boshlandi», - deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Neue Zürcher Zeitung.

Kipingning so‘zlariga ko‘ra, ro‘y bergan vaziyat «ham Germaniya, ham Yevropa uchun tarixiy pallaga» aylanishi mumkin.

Avvalroq «Germaniya uchun muqobil» hukmron partiyasi Angela Merkelni iste'foga chiqishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top