«Paxtakor» Aleksandr Lobanov bo‘yicha bayonot berdi

«Paxtakor» futbol klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanovning Qarshidagi o‘yindan keyin o‘zini tutishi borasida yig‘ilish o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, yig‘ilishda Lobanovning «Nasaf» bilan bellashuvdan so‘ng muxlislar provokatsiyasiga javob qaytarib, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lgani ko‘rib chiqildi. Yakunda «Paxtakor» darvozabonining o‘sha harakati keskin tanqid ostiga olindi va Lobanovga nisbatan «Paxtakor» futbol klubi tomonidan zarur chora ko‘rilib, moddiy jarima belgilandi. Bunday vaziyat yana ro‘y bergan taqdirda keskinroq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
«Aleksandr Lobanov Qarshidagi uchrashuvdan so‘ng ro‘y bergan holatdan afsusda ekanini ma'lum qilgan. Bunga uning o‘yindan keyin juda asabiylashgani sabab bo‘lgan. Darvozabon «Paxtakor» futbol klubi hamda muxlislardan buning uchun kechirim so‘raydi. Lobanov bunday hodisa boshqa qaytarilmasligiga va'da berdi.
«Paxtakor» futbol klubi futbolchilarning xulqi va o‘zini tutishi doimo kuzatuvda ekanini ma'lum qiladi. O‘yinchilarga noprofessional harakatlari uchun choralar ko‘rilib, ular jazoga tortiladi. Klub O‘zbekistonning bayroqdor jamoasi nomiga mos holda faoliyat olib boradi», deyilgan bayonotda.
Video: Lobanov muxlislarni haqoratladi. Endi uni qanday jazo kutadi?
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Ukrainaning Ottava konvensiyasidan chiqishni ma’qulladi
Jahon | 20:09
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
-
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
-
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab o‘nlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi
Jahon | 18:07
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025