14:30 / 20.11.2017
14935

Polsha va Ukraina ziddiyati keskinlashmoqda, «Kreml rejasi» tilga olindi

Foto: Global Look Press

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Polshada hukmron bo‘lgan «Huquq va adolat» (HvD) partiyasining Ukrainaga nisbatan siyosatidan tashvishda ekanini bildirdi.

«Ukraina bilan keskin bahs, Yevroittifoqda yakkalanish, huquq ustuvorligi va sud erkinligidan chekinish, nodavlat sektor hamda mustaqil OAVga bosim – HvD strategiyasimi yoki Kreml rejasi? Bir-biriga o‘xshash bo‘lib ko‘rinmoqda», - deya yozgan u Twitter’da.

Avvalroq Polsha elchisi Ukraina TIVga chaqirtirilgandi. Bu polshalik chegarachilar mamlakatga Ukraina davlat idoralararo komissiyasi kotibi Svyatoslav Sheremetni kiritmaganidan so‘ng yuz berdi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligidan ma'lum qilishlaricha, Varshavaning mamlakatga Svyatoslav Sheremetni kiritmasligi avval ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning buzilishi sanaladi.

Top