Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketdi
20 noyabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgan. Bu haqda Kun.uz'ga ishonchli manba xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, muassasadan qochishga muvaffaq bo‘lgan bemorlar o‘tgan davrda jinoiy harakatlari uchun javobgarlikka tortilgandi. Ulardan biri o‘g‘rilik, ikkinchisi giyohvandlik moddasini tarqatish, uchinchisi tanaga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish kabi qilmishlarga qo‘l urgan.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, bemorlarning ikki nafari qashqadaryolik, uchinchisi esa Samarqand viloyatidan bo‘lgan. Shifoxonada signalizatsiya o‘z vaqtida ishlamagani tufayli bemorlar qochish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajargan. Ulardan biri telefon aloqasi orqali onasi bilan gaplashib, «ayni paytda Toshkent shahrida ekani va taksiga pul zarur»ligini ma'lum qilgan.
Shifoxona xodimlari, qo‘riqlash posti xizmatchilari mazkur hodisaga izoh berishdan bosh tortmoqda. Ayni paytda Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor-qidiruv ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
12:59 / 19.02.2026
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
10:18 / 13.02.2026
Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:23 / 12.02.2026
Xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan profilaktika inspektori 12 yilga qamaldi
10:44 / 10.02.2026