Toshkentdan chiqish yo‘llari to‘silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
20 noyabr kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahridan chiqishdagi barcha postlarda, shaharga kirish va shahardan chiqish yo‘nalishlaridagi postlarda («Eshonguzar», «Erkin», «Keles», «Bardanko‘l») tekshiruv kuchaytirildi, kunning ma'lum vaqtida postlar yopib qo‘yildi.

Foto: Telegram / «Voditeli Tashkenta»
«Kun» muxbirining ma'lum qilishicha, soat 19:00 atrofida Toshkentdan Yangiyo‘lga qatnovchi marshrutkalar qatnovni to‘xtatgan, odatda bu yo‘nalishda qatnov kechqurungi soat 21:00 gacha, - Isuzu (297, 300), Gazel, Istana (224, 300) rusumli avtomobillar vositasida amalga oshirilardi.
Natijada bekatlarda o‘nlab kishilar to‘planib qolgan, yo‘lovchilarni yo‘l-yo‘lakay tashuvchi taksilar narxlarni ikki barobar (3000 so‘mdan 6000 so‘mga) oshirgan.


«Eshonguzar» va «Erkin» postlarida shahardan chiqish yo‘nalishida katta tirbandliklar yuzaga kelgan - 700-800 metrgacha. Postlarda barcha chiroqlar yoqilgan, har bir avtomobilning har bir yo‘lovchisi sinchiklab tekshirilmoqda.

Foto: Telegram / «Voditeli Tashkenta»
Bunga bugun 20 noyabr kuni Olmazor tumanidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan muqaddam sudlangan uch bemorning uchinchisini qidirish ishlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, bu borada rasmiy izoh berilmagani uchun holatning boshqa sabablari bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
-
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi
O‘zbekiston | 23:25 / 19.06.2025
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

16:48 / 28.03.2025
Yangiyo‘ldagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

10:17 / 27.03.2025
Yangiyo‘lda qurilish kranining o‘q qismi bog‘cha tomiga quladi

22:49 / 16.03.2025