Tojikistonda barcha radiostansiyalarga Rahmonning asarlarini o‘qish topshirig‘i berildi

Foto: kabar.kg
Tojikistonning televideniye va radiouzatish bo‘yicha qo‘mitasi barcha davlat hamda xususiy radiokompaniyalarni mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning asarlarini o‘qishga majbur qilib qo‘ydi.
Hukumatning fikricha, bu tashabbus har bir fuqaroda o‘zligini anglashga yordam beradi va vatanparvarlik tuyg‘usini oshiradi.
«Tochikiston» davlat radiosi direktori Farrux Ziyoyevning aytishicha, davlat rahbarining kitoblarini o‘qishga teatr artistlari va maxsus suxandonlar jalb etiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirning o‘zida ikkita kitob yozib bo‘lingan. «Bu qarorga qadar biz prezidentning ikkita kitobini yozdik va ularni radioefirga uzatdik», - deya aytib o‘tdi u.
Tojikistonlik jurnalist Marat Mamadshoyevning fikricha, bunday o‘qishlar SSSR davri merosini eslatadi, ular insonlarni reallikdan uzoqlashtiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol, Sobiq ittifoq vaqtida bunday efirlar o‘z mevasini bergandir, sababi odamlarda muqobil variantlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid

17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi

17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

20:20 / 31.03.2025